Biz «INSIGHT SOLUTIONS» auditdan muvaffaqiyatli o’tganimizni va sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat olganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz.

ISO 9001:2015 sertifikati bizga sifat menejmenti tizimining mustaqil bahosini olish va kompaniya ichidagi faoliyat va jarayonlar eng yuqori global standartlarga javob berishiga ishonch hosil qilish imkonini berdi. Sifat sertifikatidan muvaffaqiyatli o’tish kompaniyaning ishonchliligi va hamkorlarimiz va mijozlarimiz uchun jamoaning professionalligini yana bir bor tasdiqlaydi.