Boku (Ozarbayjon) shahrida boʻlib oʻtgan Industrial Intelligence Tech Carnival 2024 tadbiri doirasida kompaniyamiz ikkita munosib mukofotga sazovor boʻldi: strategik hamkorimiz Huawei tomonidan “2023-yilning eng yaxshi tijorat hamkori” va “Oʻzbekistondagi 2023-yilning eng yaxshi hamkori”.

Ushbu mukofotlar bizni kompaniyamizning “Mijozlarning har qanday texnologik muammolarini eng yaxshi darajadagi xizmat ko‘rsatish bilan hal qilishga qodir professionallar jamoasini birlashtirish va O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik IT integratoriga aylanish” degan maqsadni amalga oshirishga yana bir qadam yaqinlashtirdi.

Biz Huawei va barcha hamkorlarimizga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlash va ishonch uchun minnatdormiz.