INSIGHT SOLUTIONS mijozning muhim amaliy tizimlarini tahlil qilishdan tortib, AX quyi tizimlarini joriy etish va texnik qo’llab-quvvatlashgacha bo’lgan to’liq xizmatlarni taklif etadi:
- buyurtmachining avtomatlashtirilgan tizimi to’g’risida ma’lumotlarni to’plash, AT xavfsizligi talablarini shakllantirish;
- xatarlarni baholash, AX tizimlarini loyihalash, shu jumladan boshqaruv jarayonlari va korporativ standartlarni ishlab chiqish, apparat va dasturiy ta’minot vositalarini tanlash;
- loyihani amalga oshirish uchun uskunalar va DT yetkazib berish, axborot xavfsizligi tizimini joriy etish;
- AXT’ni texnik qo’llab-quvvatlash.
AX quyi tizimlarini yaratish sohasida bir nechta maxsus yo’nalishlar mavjud:
- perimetr himoyasi, IDS/IPS vositalari;
- serverlar va ish stansiyalarini himoya qilish;
- maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishidan himoya qilish;
- ma’lumotlarni shifrlash vositalari;
- antiviruslar, antispam;
- kuchaytirilgan autentifikatsiya vositalari;
- ruxsatsiz kirishdan himoya qilish (RK);
- AX tizimini markazlashtirilgan holda boshqarish.