21-iyul kuni Toshkentda «»Hyatt Regency»» mehmonxonasida Dell Technologies va Intel ko’magida «»IT-INSIGHT 2022″» biznes hamkorlari uchun konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbirda bank sohasi, davlat tuzilmalari va xalqaro korporatsiyalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Dell Technologies kompaniyasining qozog’istonlik yetakchi ekspertlari o’z ma’ruzalarida IT transformatsiyasi, Dell Technologies mahsulotlari va yechimlarining virtual ekspozitsiyasi haqida gapirib berishdi.

Konferensiyaning asosiy mavzulari har qanday murakkablikdagi vazifalar uchun moslashuvchan yechimlar bo’ldi: Optiplex kompyuterlari, Dell monitorlari, tashqi qurilmalar, yuqori samarali ish stansiyalari, Dell Technologies giperkonvergent tizimlari, zaxira nusxalari va tuzilmagan ma’lumotlar yechimlari.

Konferensiya ishtirokchilari ma’ruzachilar bilan munozarada biznesdagi vazifalarni samarali hal etishga yordam beradigan ilg’or korporativ infratuzilma va mijozlar yechimlari bilan tanishishga muvaffaq bo’lishdi.