Bizning INSIGHT SOLUTIONS MCHJ QMATIC (Shvetsiya) kompaniyasining – www.qmatic.com – O’zbekistondagi yagona rasmiy «QMATIC SOLUTION PARTNER» hamkori bo’ldi.
Qmatic — mijozlar marshrutini boshqarish bo’yicha jahon yetakchisi. Qmatic ushbu konsepsiyani 1981-yilda yaratgan va shu kungacha jahon darajasidagi innovatsion texnologik yechimlarni ishlab chiqishning tanlangan yo’nalishiga sodiq qolmoqda. Qmatic yechimlari mijozlar, bemorlar, tashrif buyuruvchilar va tashkilot xodimlarining qoniqishini oshirishga imkon beradi.