INSIGHT SOLUTIONS keng qamrovli IT yechimlari va xizmatlarini yetkazib beruvchi tashkilot.
INSIGHT SOLUTIONS O’zbekiston bozoridagi yetakchi IT integratorlaridan biri hisoblanadi. Bizning kompaniyamiz o’z faoliyatini boshlaganidan beri dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy texnologiyalari va yechimlarini ilgari surishga ixtisoslashgan bo’lib, mijozlarimizga ichki ish faoliyatini optimallashtirish va asosiy faoliyatiga e’tibor qaratish imkonini beradi. Uzluksiz rivojlanish istagi tufayli kompaniyamiz moliya, davlat idoralari va chakana savdo sohasida muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi.
Yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoamiz IT sanoatining turli sohalarida har doim eng murakkab muammolarni hal qilishga tayyor. Biz har kuni INSIGHT SOLUTIONS xizmatlarini taqdim etish darajasini oshirishga intilamiz va shu orqali mijozlarimizdan sodiqlik va minnatdorchilikka erishamiz!
Kompaniya qadriyatlari
JAMOA
Umumiy maqsadni ko’zlagan hamda qo’yilgan vazifalarni bajarish va shaxsiy cho’qqilarni zabt etish uchun korporativ qadriyatlarga sodiq qolgan hamfikrlarning do’stona va yaqin jamoasi.
PROFESSIONALLIK
Kompaniya har bir xodimning kasbiy fazilatlarini zamonaviy xizmatlarni taqdim etish va mijozlarga axborot texnologiyalari sohasida eng yaxshi yechimlarni taklif qilish uchun so’nggi texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda rivojlantirishga intiladi.
MAS’ULIYAT
Kompaniya o’z majburiyatlarini to’liq, o’z vaqtida, mijozlar va hamkorlar bilan kelishilgan shartlar asosida bajarishga intiladi.
XOLISONALIK
Belgilangan vazifalarni bajarishda kompaniya ochiq, halol va shaffof bo’lishga intiladi.
ILG’OR FAOLLIK
Kompaniya muvaffaqiyatli natijani maqsad qilib qo’ygan va istalgan maqsadga erishish uchun barcha say-harakatlarni amalga oshiradi.
Kompaniyaning qarashlari
Mijozlarning har qanday texnologik muammolarini eng yaxshi xizmat ko’rsatish darajasi bilan hal eta oladigan va O’zbekiston Respublikasidagi eng yirik IT-integrator bo’la oladigan mutaxassislar guruhini birlashtirish.
O’z xodimlarining vakolatlarini doimiy ravishda rivojlantirish, eng yaxshi xizmatni taqdim etish va mijozlarga innovatsion IT yechimlarini amalga oshirishda yordam berish.
Missiyamiz
Maqsadimiz
Jamiyat hayotiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, O’zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shish.
Litsenziyalar va sertifikatlar