Printerlar – bu kompyuterda saqlangan matn yoki grafik ma’lumotlarni odatda qog’ozga yoki polimer plyonkaga kichik nashrlarda (bir donadan yuztagacha) bosma shakl yaratmasdan chiqarish uchun mo’ljallangan kompyuterning tashqi periferik qurilmasi. Bugungi kunda printerlarning yuzlab turlari mavjud. Ular ishlash tamoyili, ranglar soni, siyoh va bosib chiqarilgan materiallar turi, maqsadi va boshqalar bo’yicha farqlanadi. Printer, skaner va nusxa ko’chirish mashinasini birlashtirgan ko’p funksiyali qurilmalar (MFP) deb nomlanganlari keng tarqalgan.