“INSIGHT SOLUTIONS” MChJning Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati
1. Kirish.
“INSIGHT SOLUTIONS” MChJning (keyinchalik – “Kompaniya” deb yuritiladi) asosiy qadriyatlari – mas’uliyatli va halol biznes amaliyotlariga rioya qilishdan iborat. Kompaniya o’zining biznes faoliyatida eng yuqori darajadagi axloqiy me’yorlarni ilgari surish va qo’llab-quvvatlashga intiladi. Uning biznesni qonuniy usullar bilan yuritishdagi obro’si birlamchi ahamiyatga ega va mazkur Siyosat ushbu qadriyatlarni saqlashga qaratilgandir. Shu sababli, Kompaniya poraxo’rlik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz siyosat yuritadi hamda o’zining barcha biznes munosabatlarida halollik va xolislik asosida harakat qilish hamda poraxo’rlikka qarshi samarali tizimlarni joriy etish va ularni amalda yuritish majburiyatini oladi.
2. Siyosatning maqsad va vazifalari.
2.1. Mazkur Siyosat poraxo’rlik va korrupsiyaning har qanday shakliga nisbatan Kompaniyaning pozitsiyasini belgilaydi va quyidagilarga qaratilgan yetakchi tamoyillarni o’z ichiga oladi:
- a) Kompaniya faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan yoki uning biznesi ishtirok etishi mumkin bo’lgan har qanday mamlakatda poraxo’rlikka qarshi qonunlar, qoidalar va nizomlarga rioya etilishini ta’minlash;
- b) xodimlarga va Kompaniya bilan bog’liq bo’lgan shaxslarga poraxo’rlik bilan bog’liq xavflarni tushunishga imkon berish hamda ularni hushyor bo’lishga va o’zlari yoki boshqalar tomonidan sodir bo’lgan har qanday huquqbuzarliklarni samarali tarzda aniqlash, ularni oldini olish va ular haqida xabar berishga undash;
- c) hisobot berish va aloqa o’rnatishning mutanosib va xavfsiz kanallarini ta’minlash hamda har qanday taqdim etilayotgan ma’lumot tegishlicha va samarali tarzda qayta ishlanishini ta’minlash;
- d) poraxo’rlik yoki korrupsiyani nazarda tutuvchi har qanday holatni ko’rib chiqish uchun jiddiy va samarali asoslarni yaratish, ularni amalda yuritib borish.
2.2. Ushbu Siyosat Kompaniyaning barcha doimiy va vaqtinchalik xodimlariga (jumladan, uning vositachilari, sho’ba korxonalari yoki sherik korxonalari) nisbatan qo’llaniladi. Bu, shuningdek, Kompaniya bilan bog’liq bo’lgan yoki Kompaniya uchun yoki uning nomidan funksiyalarni bajaradigan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga, shu jumladan, (lekin bular bilan cheklanmagan holda) direktorlar, vaqtincha yollangan xodimlar, pudratchilar, maslahatchilar, yordamchilar, agentlar, yetkazib beruvchilar va homiylar (“aloqador shaxslar”) uchun ham amal qiladi. Barcha xodimlar va aloqador shaxslar Siyosatda belgilangan tamoyillarga rioya qilishlari kutiladi.
3. Kompaniya va uning xodimlarining huquqiy majburiyatlari.
3.1. Siyosat O’zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchiligi shakli va mazmuniga, shuningdek, tegishli xalqaro hujjatlarga to’liq rioya etishdan iborat. Kompaniya O’zbekiston chegaralaridan tashqarida ham kengmiqiyosli faoliyatga ega ekanligi va rivojlanayotgan xalqaro bozorlarga chiqishda davom etayotganligi sababli, barcha xodimlar Kompaniyaning poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha meyoriy hujjatlarida belgilab qo’yilgan taqiqlangan faoliyatni tushunib yetishi hamda Kompaniyaning faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ham poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi kurash qonun-qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir xodim, mansabdor shaxs, direktor yoki agent O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchiligiga o’z mas’uliyati doirasida rioya qilishi va har qanday qoidabuzarliklar haqida bevosita rahbariga xabar berishi uchun javobgardir.
3.2. Kompaniyaning barcha xodimlari va aloqador shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
- a) dunyoning istalgan qismida biznes yuritishi mumkin bo’lgan har qanday yurisdiksiyada qo’llaniladigan poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi qonunlarga rioya qilish;
- b) haqqoniy, mas’uliyatli va vijdonli faoliyat yuritish;
- c) doimo axloqiy, professional va qonuniy ravishda harakat qilgan holda Kompaniyaning asosiy qadriyatlarini saqlash va ularga rioya qilish.
3.3. Pora berish orqali o’z tomoniga og’dirish, pora olish/berish, poraxo’rlikda vositachilik qilish qat’iyan man etiladi. Hech qanday holatda pora to’lash/olish/berishga ko’maklashish maqsadida qandaydir mablag’ ajratilishi, saqlash uchun olib qo’yilishi yoki bu uchun hisobvaraqalar ochilishiga yo’l qo’yilmasligi zarur.
3.4. Kompaniya tarmoq amaliyoti mamlakatdan mamlakatga yoki madaniyatdan madaniyatga farq qilishi mumkinligini tan oladi. Bir joyda nomaqbul deb qabul qilinishi mumkin bo’lmagan narsa boshqa joyda odatiy amaliyot deb sanalishi mumkin. Shu bilan birga, barcha xodimlar va aloqador shaxslar doimo mazkur Siyosatda ko’rsatilgan ko’rsatmalarga qat’iy rioya qilishlari shart. Agar sizda aynan nima poraxo’rlikka oid ekanligi yoki qaysi xatti-harakat ushbu Siyosatning buzilishiga olib kelishi mumkinligi yuzasidan tashvishlaringiz bo’lsa, bu haqda bevosita rahbaringizga murojaat qilib bildiring.
3.5. Mijozlarga, buyurtmachilarga, pudratchilarga va yetkazib beruvchilarga biznes sovg’alarini taqdim etish, quyidagi talablarning bajarilishi sharti bilan, taqiqlanmaydi:
- a) sovg’a uchinchi shaxsga biznesni yoki tijoriy daromadni qo’lga kiritish yoki uni saqlab qolish uchun ta’sir qilish maqsadida yoki biznes yoki tijoriy daromadni taqdim etganlik yoki uni saqlab qolganlik uchun mukofot sifatida berilmagan bo’lsa;
- b) mahalliy qonunlarga mos kelsa;
- c) u shaxsan donor nomidan emas, balki Kompaniya nomidan deb ko’rsatilgan bo’lsa;
- d) naqd pul yoki uning ekvivalentidan iborat bo’lmasa (masalan, sovg’a sertifikatlari);
- e) tegishli mantiqli turga, qiymatga ega bo’lib, tegishli mutanosib bir vaqtda taqdim etilgan bo’lsa;
- f) yashirin shaklda emas, oshkora taqdim etilgan bo’lsa;
- g) sovg’a Kompaniya direktori tomonidan oldindan tasdiqlangan bo’lsa.
3.6. Shu tariqa, biznesda muayyan ustunlikka ega bo’lishni umid qilgan holda mukofot puli, sovg’a berish yoki mehmondo’stlik imo-ishoralarini namoyon etish, bularni va’da qilish yoki taklif qilish; allaqachon ta’minlangan biznesdagi ustunlik uchun taqdirlash yoki o’zi uchun biznes ustunligiga erishish umidida biror narsa taklif qiladigan yoki taqdim etadigan, sizga ma’lum bo’lgan yoki siz shubhalangan uchinchi shaxsdan mukofot puli, sovg’a yoki mehmondo’stlikni qabul qilish taqiqlanadi.
3.7. Oddiy davlat protsedurasi yoki jarayonining tezkor yoki tegishlicha bajarilishini ta’minlash yoki tezlashtirish uchun hukumat va/yoki nodavlat mansabdor shaxsga yoki boshqa turdagi shaxsga har qanday to’lovni, boshqacha qilib aytganda “rasmiyatchilikni yengillashtirish to’lovi” deb ma’lum bo’lgan tadbirni amalga oshirish yoki sovg’a taqdim etish ham qat’iyan man etiladi.
4. Hisobot berish tartibi.
4.1. Kompaniyaning barcha xodimlari va aloqador shaxslarning shartnomaviy majburiyati va mas’uliyati – ushbu Siyosatga rioya etilishini ta’minlash hamda poraxo’rlik yoki korrupsiya bilan bog’liq har qanday shubhalarni oldini olish, aniqlash va xabar berish uchun zarur bo’lgan barcha oqilona choralarni ko’rishdan iboratdir. Xodim yoki unga aloqador shaxs har qanday boshqa xodim yoki unga aloqador shaxs pora taklif qilishni, va’da qilish yoki pora berish yoki so’rash, pora olishga rozi bo’lishni rejalashtirayotgani haqida mavjud bo’lgan har qanday ma’lumot yoki shubha haqida darhol Kompaniya rahbariyatiga xabar berishi kerak. Noaniqlikni oldini olish uchun shaxsiy huquqbuzarlik holati haqida xabar berish ham bular qatoriga kiradi. Har qanday poraxo’rlik hodisalari va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavflarni oldini olish, aniqlash va ular yuzasidan hisobot berish mas’uliyati nafaqat Kompaniya direktorlari, va balki barcha xodimlar va sheriklarining ham zimmasidadir.
4.2. Jamiyat barcha xodimlar va aloqador shaxslarni hushyor bo’lishga va har qanday noqonuniy xatti-harakatlar, shubhalar yoki tashvishlar haqida tezkor va asossiz kechiktirishlarsiz xabar berishga chaqiradi; bu tergov olib borilishi va tegishli choralarning tezkorlik bilan ko’rilishiga imkon yaratadi. Tergov davomidagi maxfiylik maqsadga muvofiq darajada va joriy sharoitlarga mos tartibda saqlanadi. Kompaniya poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi tegishli choralarni ko’rish majburiyatini oladi. Bu hodisa haqida tegishli tashqi hukumat boshqarmasi, tartibga soluvchi organ yoki politsiyaga xabar berish orqali amalga oshirilishi mumkin.
4.3. Kompaniya mazkur Siyosatga muvofiq, o’z xavotirlarini samimiyat bilan bildirgan har bir shaxsni qo’llab-quvvatlaydi; xavotirlar noto’g’ri bo’lib chiqqan taqdirda ham. Shuningdek, u poraxo’rlik yoki korrupsiyada ishtirok etishdan bosh tortganligi yohud poraxo’rlik yoki korrupsiyaga oid haqiqatda amalda ro’y bergan yoki kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan jinoyat haqida o’z vijdonidan kelib chiqqan holda xabar bergani uchun kimningdir salbiy munosabatga uchrashini oldini olishga bor kuchi bilan intiladi.
5. Hujjatlarni yuritish.
5.1. Uchinchi shaxslar bilan tuzilgan bitimlarga taalluqli barcha hisoblar, kvitansiyalar, hisob-fakturalar, boshqa hujjatlar va yozuvlar qat’iy aniqlik va to’liqlik bilan tayyorlanishi va yuritilishi zarur. Noqonuniy to’lovlarni osonlashtirish yoki yashirish uchun “norasmiy” hisoblar yuritilishi mumkin emas.
6. Siyosatga rioya etilishini nazorat qilish.
6.1. Kompaniya rahbari ushbu Siyosatga rioya etilishini ta’minlash uchun asosiy mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi va uning mazmunini muntazam ravishda ko’rib chiqadi. Kompaniya rahbari uning samaradorligini monitoring qilish uchun ham mas’ul bo’lib, bu masala bo’yicha Kompaniya ta’sischilariga muntazam ravishda hisobot berib boradi.
7. O’qitish.
7.1. Kompaniya rahbari barcha xodimlarga mazkur Siyosat bo’yicha o’z majburiyatlari va mas’uliyatlarini tushunishlari uchun yordam berish maqsadida zaruriyatga qarab, treninglar o’tkazib boradi. Kompaniyaning poraxo’rlikka nisbatan tamomila betoqatlik yondashuvi barcha biznes sheriklarga biznes aloqalari boshlanishida va zarur bo’lganda, kelgusida ham e’lon qilinadi.
8. Yakuniy qoidalar.
8.1. Mazkur siyosat Direktor tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va Kompaniyaning barcha xodimlari ijrosi uchun majburiydir.
8.2. Siyosatda ko’rsatilmagan barcha boshqa shartlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
8.3. Ushbu siyosatga Direktor buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin, ular tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.