«INSIGHT SOLUTIONS» MChJ maxfiylik va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish siyosati

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Foydalanuvchilar va/yoki Tashrif buyuruvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish Siyosati (bundan keyin – “Siyosat”, “ShM” va “Foydalanuvchilar”) O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019-y.dagi O‘RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni, Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va u Foydalanuvchining ShMni himoya qilish va ularga ishlov berish, shuningdek «Insight Solutions» MChJ (bundan buyon matnda — «Kompaniya») https://insightsi.com/ sayti Foydalanuvchilari Kompaniyaning yuqorida keltirilgan saytidan, uning servislari, dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish davomida boshqa Foydalanuvchilar haqida olishlari mumkin bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tartiblarini belgilab beradi.

2. Foydalanuvchilarning ShMgaA ishlov berish uchun mas’ullar

2.1. ShMga ishlov berish uchun javobgar shaxs Kompaniya Direktori yoki Direktorning majburiyatlarini bajarish uchun vakolatga ega shaxs hisoblanadi. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar: +998 (78) 129-77-07, info@insightsi.com

2.2. Ushbu Maxfiylik siyosati faqat https://insightsi.com/ Nashri uchun qo‘llaniladi. Kompaniya uchinchi shaxslarning Kompaniyaning https://insightsi.com/ saytida berilgan havolalar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan saytlarni nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar emas.

3. Foydalanuvchilarnin ShMni yig’ish

3.1. Kompaniya Foydalanuvchining quyidagi ShMni yig‘adi:

  • Familiyasi, ismi, sharifi;
  • Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, elektron pochta);
  • Kasbiy malakasiga doir ma’lumotlar (ish beruvchilar, lavozimi, faoliyat muddati);
  • Ma’lumoti (ta’lim muassasasi, mutaxassisligi, malakasi);
  • Malakasi va sertifikatlari to‘g‘risida ma’lumotlar, agar talab etilsa;
  • Suhbatdan va testlardan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotlar, agar o‘tkazilgan bo‘lsa.

4. Foydalanuvchilarning ShMga ishlov berishdan maqsad

4.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish deganda Foydalanuvchining ShMni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta yoki bir nechta xatti-harakatlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

4.2 Kompaniya Foydalanuvchilarining ShMni quyidagi maqsadlarda yig‘adi va saqlaydi:

  • Kompaniyaning barcha ruxsat etilgan servislaridan foydalanishi uchun Kompaniya saytida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchini identifikatsiyalash,.
  • Foydalanuvchiga Kompaniyaning shaxsiylashtirilgan resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish uchun.
  • Kompaniya tomonidan Foydalanuvchi bilan qayta aloqa o‘rnatish, shuningdek, Kompaniya xizmatlaridan foydalanishga taalluqli xabarnomalar, so‘rovnomalar yuborish, so‘rovnoma va arizalarga ishlov berish yo‘nalishlarini ham qo‘shgan holda.
  • Kompaniya faoliyati sifatini yaxshilash, foydalanishni qulaylashtirish, yangi xizmatlarni ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonun hujjatlari doirasida reklama faoliyatini amalga oshirish.
  • Kompaniyada ishga joylashtirish uchun potensial nomzodlarning ShMni ko‘rib chiqish.
  • Kompaniya resurslarida avtorizatsiya qilish va Foydalanuvchi bilan qayta aloqaga chiqishni amalga oshirish, xususan, unga xabarnomalar jo‘natish.

5. Foydalanuvchining ShMga ishlov berish uchun asoslar

5.1. Kompaniya quyidagilarga asoslanib Foydalanuvchining ShMga ishlov beradi:

  • Kompaniya saytida ShM taqdim etilgan vaqtda ko‘rsatilgan Foydalanuvchining roziligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etish.

6. Foydalanuvchilar va kompaniyaning huquq va majburiyatlari

6.1. Foydalanuvchining huquqlari:

  • Uning qaysi ShMiga ishlov berilishi to‘g‘risidagi axborotni so‘rov bo‘yicha olish va mazkur ShMdan nusxa olish;
  • Agar ShM to‘la-to‘kis, aniq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri ishlov berilgan taqdirda ularni tuzatish, bloklash yoki o‘chirib tashlashni talab etish;
  • ShMga ishlov berish uchun rozilikni qaytarib olish, agar ishlov berish rozilikka asoslangan bo‘lsa va rozilikni chaqirib olish qonuniylikka ta’sir ko‘rsatmasa;
  • O‘z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli organlar murojaat qilish.

6.2. Foydalanuvchi majbur:

  • Kompaniyaning resurslaridan foydalanish uchun zarar bo‘lgan barcha ShM to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish;
  • ShM yoki uning qismlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarda o‘zgarishlar yuzaga kelgan hollarda ularni yangilash va/yoki qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish.

6.3. Kompaniyaning huquqlari:

  • Foydalanuvchining ShMni uchinchi shaxslarga uzatish, agar Foydalanuvchi bunday harakatlar uchun rozilik bergan bo‘lsa;
  • Foydalanuvchining ShMni uchinchi shaxslarga taqdim etish, agar bu Foydalanuvchi muayyan xizmatdan foydalanishi, aniq bir kelishuvning ijrosi yoki Foydalanuvchi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarining bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa;
  • Foydalanuvchining ShMni uchinchi shaxslarga berish, agar bu qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar doirasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
  • Foydalanuvchining ShMga ishlov berilishini har qanday qonuniy usulda muddati cheklanmagan holda amalga oshirish, shu jumladan, ShMni axborotlashtirish tizimida avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan yoki bunday vositalardan foydalanmagan tarzda.

6.4. Kompaniya majbur:

  • Olingan ShMdan faqat ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlar yo‘lida foydalanish;
  • ShMni saqlash maxfiyligini ta’minlab berish, Foydalanuvchining oldindan yozma roziligini olmasdan turib ularni oshkor qilmaslik, shuningdek boshqa har qanday usul bilan Foydalanuvchining ShMni sotish, ayirboshlash, chop etish yoki oshkor qilish man etiladi, mazkur Siyosatda ko‘zda tutilgan holatlar bundan istisno.
  • Foydalanuvchining ShMning maxfiyligini himoya qilish uchun, odatda mavjud biznes muhitida ushbu turdagi ma’lumotlarni himoya qilishda foydalaniladigan tartibga muvofiq ravishda xavfsizlik choralarini ko‘rish.
  • Aniq bir Foydalanuvchiga tegishli bo‘lga ShMni Foydalanuvchining yoki uning qonuniy vakilining murojaatlariga binoan yoxud subyektlar huquqini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan noto‘g‘ri ShM yoki noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan holatlarda tekshiruvlar o‘tkazilishi davrida, ularning talabiga ko‘ra bloklab qo‘shish.

7. Siyosatdagi o’zgarishlar

7.1. Ushbu Siyosat Kompaniya saytida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Kompaniya ushbu Siyosatga bir taraflama tartibda o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Barcha o‘zgartirishlar Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinadi.

7.2. Ushbu Siyosatda ko‘rsatilmagan boshqa barcha shartlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga va Kompaniyaning ichki dalolatnomalariga muvofiq tartibga solinadi.

7.3. Ushbu Siyosatga Kompaniya Direktori buyrug‘i bilan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va ular Kompaniya saytida e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.