IP videokuzatuv — bu signalning kameralardan registratorlarga va boshqa har qanday qurilmalarga to’liq IP protokoliga asoslangan raqamli formatda borganda, sof ko’rinishdagi raqamli videokuzatuv. Shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirda to’liq analog tizimlar mavjud emas. Odatda, IP videokuzatuv analog bilan taqqoslanganda, ular kameralardan toki ushlab qolish qurilmasiga o’tadigan signalni anglatadi, chunki boshqa barcha qurilmalar: registrlar, serverlar, marshrutizatorlar va boshqalar raqamli protokollarda uzoq vaqtdan beri ishlamoqda va lentali analog magnitafonlari davri allaqachon o’tib ketgan. Aynan shu nuqta butun videokuzatuv tizimining sifati, topologiyasi va butun tuzilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

IP videokuzatuv uskunasining o’zi analogdan bir qator farqlarga ega. IP videokuzatuv tizimlarida siz xaridorlarning tanloviga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan shubhasiz afzalliklarni topishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, uskunalar narxining pasayishiga qaratilgan zamonaviy tendensiya yana bir bor tasdiqlaydiki: yaqin kelajakda IP-kameralardagi videokuzatuv tizimlari analog kameralarni butunlay almashtiradi. INSIGHT SOLUTIONS kompaniyasi tekshiruv o’tkazadi va sizga IP videokuzatuv tizimini yaratish bo’yicha to’liq yechimni taklif qiladi.

Yechimning afzalliklari

  • IP videokuzatuvni barpo etishdagi kengko’lamlilik analog tizimlarnikidan ustun.
  • PoE texnologiyasi kabel tarmoqlarini qurishda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
  • Video sifatining yuqoriligi.
  • Kuzatilishi murakkab hududlarda Wi-Fi kameralardan foydalanish imkoniyati.

Yechimning maqsadli auditoriyasi

  • Savdo tashkilotlari.
  • Tibbiy muassasalar.
  • Turli tashkilotlarning ofislari.
  • Moliyabiy tashkilotlar.

Biznes uchun qadrli tarafi

  • O’g’irlik aybdorlarining va boshqa hodisalarnining oydinlashishi.
  • Mehnat tartibining buzilishini aniqlash.
  • Xodimlarning mijozlar bilan ishlashini nazorat qilish.
  • Tashkilotda xavfsizlik darajasini oshirish.