Bugungi kunda axborot xavfsizligi shunchaki talab emas, balki kompaniya va uning mijozlari o‘rtasidagi ishonchning asosidir.
Kompaniyamiz mustaqil auditdan muvaffaqiyatli o‘tib, ISO/IEC 27001:2022 xalqaro standarti hamda O’z DSt ISO/IEC 27001:2023 milliy standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Bu amalda nimani anglatadi?
✔️ Axborot va ma’lumotlarni boshqarish hamda himoya qilish xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan.
✔️ Xatarlarni boshqarish jarayonlari muntazam ravishda nazorat qilinadi va takomillashtiriladi.
✔️ Loyihalarni amalga oshirish jarayonida ishonchlilik va axborot xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiladi.
✔️ Buyurtmachilar axborot xavfsizligi bo‘yicha tizimli va professional yondashuvimizga ishonishlari mumkin.
Insight Solutions uchun xavfsizlik, sifat va ishonch mijozlar hamda hamkorlar bilan ishlashdagi asosiy tamoyillar bo‘lib qoladi.

