INSIGHT SOLUTIONS kompaniyasi butun IT segmentlarini boshqarishni ta’minlaydigan texnik mutaxassislar va ekspert-maslahatchilar guruhiga ega. IT funksiyalarini boshqarishni autsorsing qilish mijozlarga operatsion xarajatlarni optimallashtirish, asosiy bo’lmagan ishlarni biznes jarayonlaridan olib tashlash va IT infratuzilmasini boshqarishning texnologik jihatlariga to’liq berilmasdan, ITning uzluksiz ishlashini kafolatlash imkonini beradi.
Foydalanish, sozlash, boshqarish, monitoring kabilar uchun boshqariluvchi xizmatlarning tarkibi mijozning ehtiyojlariga qarab sozlanishi mumkin – u yoki bu xizmat shartnomaga qo’shilishi yoki chiqarib yuborilishi mumkin bo’ladi. Shu tariqa, boshqariluvchi xizmatlar o’zaro ta’sirning moliyaviy sxemalari moslashuvchanligini hamda IT nazorati va boshqaruv jarayonlarining shaffofligini kafolatlashga imkon yaratadi.
INSIGHT SOLUTIONS quyidagi IT xizmatlari va IT-autsorsingni taklif etadi:
- Foydalanuvchi murojaatlarini boshqarish (Service Desk).
- IT infratuzilmasini monitoring qilish va qo’llab-quvvatlash.
- Muhandislik resurslarini chetdan yollash(autsorsing), boshqa kompaniyalar xizmatidan foydalanish.