Hisob qaydnomalari va kirish huquqlarini boshqarish (Identity & Access Management, IAM) yondashuvlar, amaliyotlar va maxsus dasturiy vositalar to’plami, ularning asosiy maqsadi foydalanuvchilarning ularga kirishini nazorat qilish orqali korxonaning axborot resurslari va axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlash, shuningdek bunday nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq korxona xarajatlarini kamaytirishdir.
IAM amaliyotlari va yondashuvlaridan foydalanish ruxsatsiz kirish xavfini (RK) kamaytirishning asosiy vositasidir. Aslida, IAM – bu foydalanuvchi hisobini boshqarish amaliyoti (Identity Management) va foydalanuvchi kirishini boshqarish amaliyoti (Access Management) metodologiyasi va texnologiyasi darajasidagi birlashma.