«Bitta server — bitta ilova» serverlarini ishga tushirishning an’anaviy yondashuvidan foydalanish aksariyat serverlarning yuklanish kuchi atigi 5-15% tashkil etishini anglatadi. Bu esa resurslarning keragidan ortiq ajratilishi hamda ularning yetarli darajada yuklanmasligiga olib keladi. x86 serverlarini asosiy uskunalardan mustaqil ravishda ishlaydigan virtual mashinalarga aylantirish orqali serverlar sonining ko’payishini to’xtatish va ulardan foydalanish koeffitsientini oshirish mumkin bo’ladi.
Har bir virtual mashina to’liq hisoblash tizimidir va OC Windows, Linux, Solaris va NetWare operatsion tizimlarida, shuningdek turli xil ilovalarda ishlashi mumkin. Bundan tashqari, bitta serverda bir vaqtning o’zida bir nechta virtual mashinalarni ishga tushirishingiz mumkin. Kuchli x86 serverlarida bir vaqtning o’zida bir nechta ish yuklamalarini bajarish server uskunalaridan foydalanish koeffitsientini 10-15% dan 80% gacha oshirishni ta’minlaydi.