Videokonferensaloqa tizimlarining joriy etilishi ma’lumotlar va ovoz uzatish vositalariga vizual ma’lumot almashish orqali biznes aloqalarini kengaytiradi va xodimning shaxsiy ishtiroki zarur bo’lgan konferensiyalarni o’tkazish xarajatlarini kamaytiradi.
Videokonferensaloqa orqali suhbatdoshlar o’rtasida ma’lumot almashish bu elektron pochta, tezkor xabar yetkazish(chat) va telefon suhbatlari orqali xabar yuborish bilan solishtirganda sifat jihatidan yangi darajadir. Wharton biznes maktabi va «3M» kompaniyalari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, agar biz shaxsan uchrashuvda o’zaro tushunish samaradorligini 100% deb hisoblasak, u holda onlayn xabar almashish samaradorligi 25-30%, telefon suhbati 43% va VKA 91% ni tashkil qiladi.