“INSIGHT SOLUTIONS” MChJning Ekologik siyosati

1. Kirish.

1.1. “INSIGHT SOLUTIONS” MChJning Ekologik siyosati (keyinchalik – “Siyosat” va “Jamiyat” deb yuritiladi) atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirishga qaratilgan asosiy tamoyillar, maqsad va vazifalarni, shuningdek chora-tadbirlar va tashabbuslarni belgilaydi. Jamiyat ekologik barqarorlikning muhimligini tan oladi va ilg’or texnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish hamda xodimlar va mijozlarning ekologik madaniyatini oshirish orqali ekologik yukni kamaytirish uchun barcha zarur choralarni ko’rish majburiyatini oladi. O’sib borayotgan raqamli transformatsiya sharoitida Jamiyat tabiatni asrashdagi mas’uliyatini tushunadi va o’z zimmasiga barqaror rivojlanishga hissa qo’shish majburiyatini oladi.

1.2. Siyosat Kompaniyaning missiyasi va strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan.

1.3. Siyosat Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlari, shuningdek quyidagi xalqaro va meyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan:

  • 1972-yil 16-iyundagi BMT Stokgolm deklaratsiyasi;
  • Butunjahon Tabiat xartiyasi (Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1982-yil 29-oktyabrdagi N 37/7-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan);
  • 1992-yil 9-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 754-XII-son Qonuni;
  • 2000-yil 25-maydagi O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi 73-II-son Qonuni;
  • 1996-yil 27-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi 353-I-son Qonuni;
  • 2021-yil 16-fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 75-son Qarori;
  • O’zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksi.

2. Siyosatning maqsad va vazifalari.

2.1. Siyosatning maqsadlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni tizimli ravishda kamaytirishga, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga hamda mas’uliyatli va barqaror biznes amaliyotlari orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

2.2. Asosiy maqsadlarga quyidagilar kiradi:

  • Jamiyat faoliyati natijasida ifloslantiruvchi moddalarning havoga chiqarib yuborilishini kamaytirish;
  • Energiya samaradorligini oshirish va ilg’or texnologiyalarni joriy etish hisobiga energiya, suv va boshqa tabiiy resurslar sarfini kamaytirish;
  • Chiqindilarni, shu jumladan elektron chiqindilarni minimallashtirish va ularni xavfsiz utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashni ta’minlash;
  • Barcha xodimlar uchun xavfsiz va ekologik toza mehnat sharoitlarini yaratish va saqlash;
  • Xodimlar, mijozlar va sheriklarni atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga jalb qilish.

2.3. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Jamiyat o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • Ekologik mezonlarni yetkazib beruvchilar tanlovi, loyihalarni rejalashtirish va yechimlarni ishlab chiqish jarayonlariga integratsiyalash;
  • Mahsulot va xizmatlarning hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida barqaror loyihalash va ekologik texnologiyalardan foydalanish tamoyillarini joriy etish;
  • Logistikani optimallashtirish va transport chiqindilarini kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat masalalari bo’yicha xodimlarni o’qitish va malakasini oshirishni tashkil etish;
  • Ekologik ko’rsatkichlarni doimiy ravishda yaxshilash maqsadida muntazam monitoring va tahlillarni o’tkazish.

3. Jamiyatning majburiyatlari va mas’uliyat doirasi.

3.1. Jamiyat ekologik siyosat maqsadlariga erishishda muvaffaqiyat barcha xodimlarning, ularning lavozimidan qat’iy nazar, ishtirok etishi va mas’uliyatiga bog’liqligini tan oladi. Jamiyat Rahbariyati quyidagilarni o’z zimmasiga oladi:

  • Ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun zarur resurslar va texnologiyalardan foydalanish erkinligini ta’minlash;
  • Xalqaro standartlarga mos keladigan atrof-muhit muhofazasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Xodimlarni ekologik loyihalar va tashabbuslarga jalb qilish va shu tariqa, Jamiyatning ekologik mas’uliyat madaniyatini rivojlantirish;
  • Mijozlar va sheriklarni ekologik standartlarimiz haqida xabardor qilish hamda ularni barqaror rivojlanish sohasida hamkorlik qilishga undash.

3.2. Jamiyatning har bir xodimi kundalik faoliyatida ekologik meyorlar va standartlarga rioya qilish uchun shaxsan javobgardir. Bo’lim boshliqlari ushbu siyosatga rioya etilishini nazorat qilishlari va o’z vakolatlari doirasida ekologik tamoyillarni tatbiq etishlari shart.

4. Chora-tadbirlar va tashabbuslar.

4.1. Siyosatni amalga oshirish uchun Jamiyat Rahbariyati atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi va tashabbuslarni tatbiq etadi:

  • Energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish:

    • Energiya sarfini kamaytirish maqsadida server fermalari va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (DPC) faoliyatini optimallashtirish;
    • Mumkin bo’lgan hollarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o’tish.
  • Chiqindilarni boshqarish:

    • Chiqindilarni, jumladan elektron komponentlar va jihozlarni alohida yig’ish va qayta ishlashni tashkil etish;
    • Eski uskunalarni xalqaro standartlarga muvofiq utilizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish.
  • Ekologik loyihalash va ishlanmalar:

    • IT-yechimlarni ishlab chiqish va loyihalash bosqichida ekologik mezonlarni kiritish.
    • Energiya sarfini kamaytirish va samaradorlikni oshirish uchun dasturiy ta’minotni optimallashtirish.
  • Ta’lim va xabardorlik:

    • Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat mavzusida xodimlar uchun muntazam treninglar va ta’lim dasturlarini tashkil etish;
    • Mijozlar va sheriklar uchun ekologik standartlarni ommalashtirishga yordam beruvchi axborot materiallarini ishlab chiqish.
  • Hamkorlik va sheriklik:

    • Qo’shma ekologik tashabbuslarni amalga oshirish va tajriba almashish uchun yetkazib beruvchilar va sheriklar bilan o’zaro hamkorlik;
    • Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha jamoat va xalqaro tashabbuslarda ishtirok etish.
  • Doimiy monitoring va takomillashtirish:

    • Jamiyatning ekologik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlarni muntazam yig’ish va tahlil qilish.
    • Atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo’yicha maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo’lidagi taraqqiyotni baholash.

5. Manfaatdor tomonlar bilan o’zaro hamkorlik.

5.1. Jamiyat barcha manfaatdor tomonlar jumladan, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan atrof-muhit masalalari bo’yicha ochiq va shaffof hamkorlik qilishga intiladi. Jamiyat rahbariyati va xodimlari tashqi sheriklar va jamiyat bilan muloqotda faol ishtirok etishi, hamkorlikni rivojlantirishi va ekologik barqarorlik masalalari bo’yicha tajriba almashishi kerak.

5.2. Jamiyatning mas’ul xodimlari Jamiyat Rahbariyatiga Jamiyatning mahalliy hujjatlarida nazarda tutilgan ekologik faoliyati va yutuqlari to’g’risida yillik hisobot taqdim etadilar.

6. Yakuniy qoidalar.

6.1. Mazkur siyosat Direktor tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va barcha Xodimlarning bajarilishi uchun majburiydir.

6.2. Siyosatda ko’rsatilmagan barcha boshqa shartlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

6.3. Mazkur siyosatga Direktor buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin, ular tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.