Tuzilmaviy kabel tizimi (TKT) – bu raqamli, ovozli va video ma’lumotlarini uzatish, shuningdek boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan mahalliy tarmoqning telekommunikatsiya infratuzilmasi.

Kabel tizimlari korxona va tashkilotlarning IT-infratuzilmasidagi barcha tarkibiy qismlari barpo etilgan «asos»dir. Binoning kabel tizimini to’g’ri tashkil etish aqlli tizimlarni yaratishning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, kompaniyaning barcha xizmatlari va bo’linmalarining ishonchliligini belgilaydi. Shuning uchun bino kabel tizimini yaratishga huddi binoni o’zini qurish singari mas’uliyat bilan yondashuvni talab etadi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari, tarmoq va aloqa standartlaridagi o’zgarishlar birinchi navbatda, kabel tizimlariga ta’sir qiladi. Bu dizayn jarayoniga, kabel tizimini yaratish uchun tarkibiy qismlarni tanlash, qisqa vaqtdan keyin barcha past quvvatlanuvchi simlarni modernizatsiya qilish va hatto to’liq almashtirish zarurati tug’ilmasligi uchun moliyaviy rejalashtirishga qo’shimcha talablar qo’yadi.

Yechimning afzalliklari

  • ma’lumotlar, ovoz va video signallarni uzatish uchun yagona kabel tizimi ishlatiladi.
  • ish joylarida universal rozetkalardan foydalanish, ularga turli uskunalarni ulash imkonini beradi.
  • ular butun mavjud tarmoqni almashtirmasdan o’zgartirish va qurish uchun modullik va imkoniyatlarga ega.
  • bir vaqtning o’zida bir nechta turli xil tarmoq protokollaridan foydalanishga ruxsat beradi.
  • texnologiya va apparat ta’minotidagi o’zgarishlarga bog’liq emas.
  • standart komponentlar va materiallardan foydalaniladi.
  • xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning minimal sonini nazorat qilish va boshqarishga imkon beradi.
  • optik tolali va mis kabelni bitta tarmoqda birlashtirishga imkon beradi.

Yechimning maqsadli auditoriyasi

  • Har qanday o’lchamdagi IT infratuzilmasiga ega barcha kompaniyalar.

Biznes uchun qadrli tarafi

  • Uzoq xizmat muddati – 25 yilgacha.
  • To’g’ri dizayn va amalga oshirish natijasida tizimning ishlamay qolishiga chidamlilik.
  • Tizimning uzoq umr ko’rishi tufayli investitsiyalarni oqlashi.