Insight Solutions global Splunk Partnerverse hamkorlik dasturiga qo‘shilib, Associate maqomiga ega bo‘lganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Splunk by Cisco — axborot xavfsizligi sohasidagi yetakchi yechimlar taqdim etuvchisi bo‘lib, xavfsizlik hodisalarini aniqlash, tekshirish va ularga javob qaytarish uchun platformani taklif etadi. Splunk by Cisco SOC jarayonlarini yagona markazda birlashtiradi va tahdidlarni aniqlashdan tortib, ularni bartaraf etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yagona, qulay va intuitiv ish muhitida soddalashtiradi.
Bu kiberxavfsizlik sohasidagi ekspertizamizni mustahkamlash va mijozlarimiz uchun taklif etilayotgan yechimlar portfelini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

















