Korporativ ahloq
Korrupsiya bilan kurash bo’yicha siyosat
Ekologik siyosat
Maxfiylik siyosati
Korporativ ahloq

“INSIGHT SOLUTIONS” MChJ Korporativ ahloq kodeksi

1. Umumiy qoidalar.

1.1. Korporativ axloq kodeksi (keyinchalik – “Kodeks” deb yuritiladi) kasbiy ahloq va ichki korporativ xulq-atvorning umumiy tamoyillari, me’yorlari va qoidalari majmui bo’lib, ularga “Insight Solutions” MChJning (keyinchalik – “Kompaniya” deb yuritiladi) barcha Xodimlari, egallab turgan mavqeidan qat’iy nazar amal qilishi shart.

1.2. Kodeksning qoidalariga Jamiyat xodimlari nafaqat ish vaqtida, balki Jamiyat manfaatlariga daxldor bo’lmagan ishdan tashqari tadbirlarda yoki Jamiyat Xodimlari uchinchi shaxslar tomonidan Jamiyat vakillari sifatida qabul qilingan taqdirda ham rioya qilishlari shart.

1.3. Kodeks Jamiyatning ichki hujjati bo’lib, shaxsiy va jamoaviy xatti-harakatlarning asosiy meyorlari va qoidalarini belgilaydi. Jamiyat xodimlari, shuningdek uning boshqaruv va nazorat organlari a’zolari Kodeks qoidalariga rioya qilish uchun barcha zarur choralarni ko’rishlari shart.

1.4. Kodeks quyidagilarning amalga oshirilishiga mo’ljallangan:

  • Kompaniyaning strategik maqsadlarini amalga oshirish;
  • Kompaniya jamoasida yagona ijobiy xulq-atvor va korporativ ruhni shakllantirish;
  • Kompaniyaning sheriklar, kontragentlar, investorlar va jamiyatdagi boshqa manfaatdor tomonlar o’rtasida obro’sini mustahkamlash;
  • Kompaniyaning davlat, tashkilotlar va fuqarolar bilan ochiq va ishonchli munosabatlarini rivojlantirish;
  • Jamiyat xodimlarining mehnat vazifalarini bajarish samaradorligini oshirish;
  • Kompaniyaning texnologik salohiyati va daromadini saqlash hamda oshirish.

1.5. Kodeks Kompaniyaning missiyasi va strategik maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan.

1.6. Kodeks Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlari, shuningdek quyidagi xalqaro va meyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan:

  • 10.12.1948-yildagi Inson huquqlari xalqaro deklaratsiyasi;
  • 30.04.2023-yildagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
  • 03.01.2017-yildagi O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-son Qonuni;
  • 26.08.2008-yildagi O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirg’in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi 660-II-son Qonuni.
  • 06.05.1993-yildagi O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 839-XII-son Qonuni;
  • 09.12.1992-yildagi O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 754-XII-son Qonuni;
  • O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

2. Atamalar va ta’riflar.

2.1. Jamiyat – “Insight Solutions” MChJ;

2.2. Xodim – Jamiyat bilan mehnat shartnomasi yoki xizmat ko’rsatish bo’yicha fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzgan jismoniy shaxs;

2.3. Hamkor – quyidagi shaxslardan biri hisoblanadi:

  • Jamiyat bilan tovar yetkazib berish va/yoki xizmatlar ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzgan yoki Jamiyat bilan yuqorida ko’rsatilgan shartnomani tuzish niyatida bo’lgan Jamiyat mijozi;
  • ijrochi va/yoki yetkazib beruvchi yoki Jamiyat bilan shartnoma munosabatlariga ega bo’lgan yoki Jamiyat bilan shartnoma tuzmoqchi bo’lgan boshqa Korxona/jismoniy shaxs.

2.4. Sherik xodimi – Sherik bilan mehnat shartnomasi yoki xizmat ko’rsatish bo’yicha fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzgan jismoniy shaxs;

2.5. DHO – davlat hokimiyati organi va (yoki) uning xodimlari;

2.6. Korxona – har qanday tashkiliy-huquqiy hamda mulkchilik shaklidagi kompaniya va (yoki) uning xodimlari.

3. Jamiyatning missiyasi, maqsadi va kelajakka qarashi.

3.1. Jamiyatning missiyasi eng saralangan xizmatlarni taqdim etish va Xodimlarning malakasini uzluksiz ravishda rivojlantirish orqali mijozlarga innovatsion IT-yechimlarni joriy etishda yordam berishdir.

3.2. Jamiyatning maqsadi zamonaviy texnologiyalarni jamiyat hayotiga tatbiq etish orqali O’zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli texnologik rivojlanishiga hissa qo’shishdan iborat.

3.3. Jamiyatning kelajakka qarashi - mijozlarning har qanday texnologik topshiriqlarini sara darajadagi xizmat ko’rsatish orqali hal qilishga qodir professionallar jamoasini birlashtirish hamda O’zbekiston Respublikasidagi eng yirik IT-integratoriga aylanish.

4. Korporativ qadriyatlar.

4.1. Jamiyat quyidagi korporativ qadriyatlarga amal qiladi va foyda olish maqsadida ulardan chetga chiqmaydi:

  • 4.1.1. Jamoa. Belgilangan vazifalarni bajarish va shaxsiy cho’qqilarga erishish uchun umumiy maqsad sari intilayotgan va korporativ qadriyatlarga sodiq bo’lgan hamfikrlarning do’stona va uyushgan jamoasi;
  • 4.1.2. Mas’uliyat. Jamiyat o’z majburiyatlarini to’liq, o’z vaqtida va sheriklari bilan kelishilgan shartlarda bajarishga intiladi;
  • 4.1.3. Professionallik. Jamiyat zamona uchun dolzarb bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish va mijozlarga axborot texnologiyalari sohasida eng sara yechimlarni taklif qilish uchun so’nggi texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda har bir Xodimning kasbiy fazilatlarini rivojlantirishga intiladi;
  • 4.1.4. Xolislik va qonuniylik. Jamiyat qo’yilgan vazifalarni bajarishda ochiq, halol va shaffof bo’lishga, shuningdek, Jamiyat faoliyatiga oid barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlarga rioya qilishga intiladi;
  • 4.1.5. Ilg’or faollik. Jamiyat muvaffaqiyatli natijaga intiladi va o’z istaklariga erishish uchun bor kuchini sarflaydi;

4.2. Jamiyat o’z Sheriklari obyektlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini kafolatlash uchun barcha zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, unga yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlarning (ishlarning) maksimal darajada ishonchli va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlashga intiladi.

4.3. Har bir xodim, uning jinsi, yoshi, terisining rangi, millati va mavqeidan qat’iy nazar, Jamiyat uchun qadrlidir. Shu sababli, barcha Xodimlarga ularning muvaffaqiyatli va samarali faoliyat ko’rsatishi, kasbiy rivojlanishi va martabalarining o’sishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.

Jamiyat kadrlar salohiyatini (jumladan, boshqaruv xodimlarini) shakllantirishda haqqoniylik va xolislik tamoyillariga amal qiladi. Xodimlar yuqori lavozimlarga faqat kasbiy fazilatlari asosida tayinlanadi yoki o’tkaziladi.

Jamiyat o’z Xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib boradi hamda milliy va xalqaro standartlarga mos kelishi uchun barcha zarur choralarni ko’radi.

4.4. Jamiyat Sheriklari oldidagi o’z majburiyatlarini bajarish uchun barcha zarur choralarni ko’radi, shu sababli Jamiyat daromadlilikni doimiy ravishda oshirib borishga intiladi.

4.5. Jamiyat o’z faoliyatini xalqaro hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

5. Xodimlarning xulq-atvori tamoyillari.

5.1. Jamiyat xodimlarining xulq-atvor tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  • 5.1.1. Sifat va professionallik. Jamiyat va Xodimlar o’z faoliyatida eng yuqori sifatga intilishadi va yuqori professional standartni saqlab turishadi. Xodimlar o’z majburiyatlarini bajarishda layoqatsizlikka yoki mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ymaydilar;
  • 5.1.2. Manfaatlar to’qnashuvi. Xodimlar manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan qochishadi va agar bu kabi vaziyat yuzaga kelsa, Xodimlar ushbu Kodeksga va Jamiyatning ichki mahalliy hujjatlariga muvofiq harakat qiladilar;
  • 5.1.3. Qonunlarga rioya qilish. Jamiyat va Xodimlar doimo Jamiyat va/yoki uning filiali/vakolatxonasi/hududiy birligi faoliyat yuritadigan har bir mamlakatdagi qonunlar va meyoriy hujjatlarga amal qiladi;
  • 5.1.4. Mas’uliyat. Xodimlar o’z xatti-harakatlari uchun javobgar bo’lib, o’z ishlarini doimiy ravishda yaxshilashga intiladilar;
  • 5.1.5. Hamkorlik va Jamoaviy faoliyat. Xodimlar hamkorlikni qadrlaydilar va umumiy maqsadlarga erishish uchun jamoaviy faoliyat ruhini qo’llaydilar;
  • 5.1.6. Halollik va xolislik. Xodimlar o’z vazifalarini halollik va xolislik asosida amalga oshiradilar. Manipulyatsiya, aldash, o’g’irlik yoki boshqa nomaqbul xatti-harakatlarga yo’l qo’yilmaydi;
  • 5.1.7. Maxfiylik. Xodimlar Sheriklardan olingan va Jamiyat doirasidagi ma’lumotlarning maxfiyligini qat’iy ravishda saqlaydilar. Jamiyat/Sheriklarning tegishli ruxsatisiz maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishga yo’l qo’yilmaydi;
  • 5.1.8. Hurmat va Qadr-qimmat. Xodimlar xilma-xillik va inklyuziyani hurmat qilgan holda, insonlarning irqi, jinsi, dini, yoshi yoki boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, ularning har biriga hurmat bilan munosabatda bo’ladi. Kamsitish, ta’qib qilish yoki har qanday nomaqbul xatti-harakatlarga yo’l qo’yilmaydi;
  • 5.1.9. Atrof-muhitga g’amxo’rlik. Xodimlar ekologik barqarorlik tamoyillariga amal qiladi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga intiladi.

5.2. Jamiyat Xodimlari o’z xizmat vazifalarini katta mas’uliyat bilan bajaradilar, har qanday beparvolik ko’rinishlariga yo’l qo’ymaydilar. Har bir Xodim o’z harakatlari va qarorlari uchun shaxsan javobgardir va u o’z javobgarligini boshqa Xodimlar zimmasiga yuklashga haqqi yo’q. Har bir Xodim o’z ixtiyorida bo’lgan Jamiyat resurslaridan samarali ravishda, tejamkorlik bilan va faqat ish maqsadlarida foydalanadi.

5.3. Sheriklar bilan o’zaro aloqa uzoq muddatli hamkorlikka asoslanadi. Jamiyat bilan o’zaro munosabatlarda ustun mavqeini suiiste’mol qilish yoki adolatsiz raqobatni namoyon qilishga yo’l qo’yib bo’lmaydi.

5.4. Boshqaruv qarorlari va Xodimlarning xatti-harakatlari Jamiyatning ijobiy imidjini saqlashga, shuningdek, Xodimlarning harakatlari Jamiyatning biznes doiralardagi obro’siga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak.

5.5. Xodimlar axborotni oshkor qilish to’g’risidagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda, yo’qolishi (sizib chiqishi) Jamiyatga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday maxfiy ma’lumotlarning (jumladan, tijorat sirini tashkil etuvchi va insayder ma’lumotlari) himoya qilinishini ta’minlaydi. Tijorat siri rejimini buzish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo’ladi.

5.6. Xodimlarning o’zaro hurmat asosida hamkorlik qilishi, shaxsiy hayot va inson qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga e’tiborli bo’lishi talab qilinadi. Xodimlarning bir biriga, Jamiyatning qadriyatlari va an’analariga, Sheriklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishi ochiq, adolatli va bag’rikeng ish muhitini yaratishga imkon beradi.

5.7. Faoliyatning ishonchliligi va xavfsizligiga tahdid soladigan intizom va axloq qoidalarini buzish Jamiyatda qabul qilinishi mumkin emas, shu jumladan:

  • Jamiyat va/yoki boshqa xodimlarning manfaatlarini buzuvchi kelishilmagan qarorlar;
  • mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmaslik va (yoki) sifatsiz bajarish;
  • Jamiyat to’g’risidagi maxfiy, insayder(ichki) yoki tijorat siri ma’lumotlarini oshkor qilish;
  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddlarini iste’mol qilgan holda yoki intoksikatsiya holatida bo’lib turib ish joyiga kelish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablariga beparvolik bilan qarash yoki qasddan rioya qilmaslik;
  • xodimlarga nisbatan kamsitishning har qanday shakli va Jamiyatning hamkasblari, sheriklari yoki raqobatchilariga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo’lish.

5.8. Jamiyat xodimlari o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, tijoratda pora evaziga og’dirib olish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, raqobatbardosh bo’lmagan xatti-harakatlarni amalga oshirish, firibgarlik va boshqa har qanday shakl va ko’rinishdagi suiiste’molliklarni to’liq rad etish strategiyasiga rioya qilishlari shart.

6. Sheriklar bilan o’zaro hamkorlik tamoyillari.

6.1. Xodimlar Sherik va Jamiyat o’rtasidagi har qanday bitim tuzilishi davomida Sherik tarafning hech bir Xodimi bilan moliyaviy yoki boshqa munosabatlarda bo’lish huquqiga ega emas. Xodimning Sherik Xodimi bilan oilaviy munosabatlari bo’lgan taqdirda yoki Xodimning Sherik Xodimi bilan manfaatlar to’qnashuviga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa turdagi munosabatlari bo’lganda, Xodim bunday holatlar yuzasidan o’zining bevosita rahbarini xabardor qilishi shart.

6.2. Xodimlar har qanday Xodimning Sherikka nisbatan qaroriga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday vaziyatda sheriklardan sovg’alar, sayohat to’lovlari, ovqatlanish, ko’ngilochar turdagi xarajatlari uchun to’lovlarni yoki moddiy/nomoddiy manfaatlarni qabul qilishlari mumkin emas.

6.3. Xodimlar hech qanday tijoratda pora evaziga og’dirib olish bilan shug’ullanishi yoki Sherik bilan kelishuvga kirishgan holda har qanday Sherik Xodimini, uning oilasi yoki do’stlarini boshqa yo’l bilan rag’batlantirishi mumkin emas. Xodimlar O’zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligiga rioya etishlari shart. Har qanday kelishuv sodir bo’layotganida, Xodimning har qaysi DHO, Korxona yoki jismoniy shaxsga bevosita o’zi yoki uchinchi shaxs orqali qimmatli narsalarni taqdim etishi mumkin emas.

6.4. Kodeksda belgilangan sovg’alarni qabul qilish bo’yicha cheklovlar quyidagi hollarda qo’llanilmaydi:

  • Jamiyatning kontragentlari va mijozlaridan sovg’a sifatida korporativ suvenir mahsulotlarning (qalamlar, bloknotlar, kundaliklar va boshqalar) berilishi;
  • rasmiy yoki boshqa tadbir (konferensiya, davra suhbati) davomida, har bir ishtirokchiga qaysi tashkilot vakili ekanligidan qat’iy nazar, bir xil sovg’a berilishi.

6.5. Har qanday taqiqlangan sovg’alar Xodimlar tomonidan rad etilishi kerak.

6.6. Agar sovg’aning qabul qilinishiga shubha tug’ilsa yoki sovg’a bo’yicha chora ko’rishga oid boshqa har qanday savollar yuzaga kelsa, Xodim bu haqda Jamiyat rahbariyatiga tushuntirish so’rab murojaat qilishi zarur.

6.7. Jamiyat Xodimlari egallab turgan lavozimlari yoki bajarayotgan mehnat (xizmat) vazifalari nuqtai nazaridan biznes sovg’asini olishning barcha holatlari to’g’risida bevosita rahbarini xabardor qilishlari shart.

7. Mehnat xavfsizligi va xodimlar salomatligini muhofaza qilish.

7.1. Rahbariyat o’z Xodimlari uchun eng xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart. Barcha Xodimlar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari zarur:

  • xavfsizlik meyorlari va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish;
  • hamkasblari va bo’ysunuvchi xodimlardan xavfsizlik meyorlari va mehnatni muhofaza qilish talablariga so’zsiz rioya qilishni talab qilish.

7.2. Agar Xodimning sog’lig’i yoki hayotiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelsa, u darhol rahbariyatni bu haqda xabardor qiladi, rahbariyat esa o’z navbatida, mazkur holat nazorat organlari tomonidan tasdiqlanganidan so’ng ishni to’xtatib turishi hamda mavjud tahdidni bartaraf etish choralarini ko’rishi shart.

7.3. Xodimlar ish joyidagi mehnat sharoitlari va xavfsizlik holati to’g’risida ma’lumotlarni talab qilib olish huquqiga ega va rahbariyat esa bularni taqdim etishga majburdir.

7.4. Rahbariyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishi hamda ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasbiy kasalliklarini oldini oladigan sanitariya-gigiyena mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart.

8. Atrof-muhitni muhofaza qilish.

8.1. Sheriklarni tanlashda Jamiyat ularning mehnat xavfsizligi, salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish darajasiga e’tibor qaratadi.

8.2. Tadbirkorlik faoliyati jarayonida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun Jamiyat quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

  • biosfera va uning ekologik tizimlarining inson yashash muhiti sifatida barqarorligini saqlash hamda insonlarning ekologik xavfsizligi, inson genofondi va uning kelajak avlodlari haqida g’amxo’rlik qilish;
  • fuqarolarning yashash uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini, barcha turdagi ta’lim muassasalarida majburiy ekologik ta’lim berilishini ta’minlash;
  • jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarining ilmiy asoslangan uyg’unlashuvi;
  • atrof-muhitni boshqarishning maxsus turining to’lov asosida yuritilishi va umumiy turining esa bepul amalga oshirilishi;
  • ekologik ekspertizaning majburiyligi;
  • atrof-muhitni oqilona boshqarish va tabiat muhofazasini rag’batlantirish;
  • tabiiy resurslarni qayta ishlab chiqarish, tabiiy muhit va inson salomatligi uchun zararli, oldini olish mumkin bo’lmagan oqibatlarini bartaraf etish zarurati;
  • tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda shaffoflik;
  • tabiatni muhofaza qilish sohasidagi milliy, mintaqaviy va xalqaro manfaatlarning uyg’unligi;
  • tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik.

9. Korrupsiyani oldini olish.

9.1. Jamiyat korrupsiyaning har qanday ko’rinishini oldini olish uchun barcha choralarni ko’rishi shart bo’lib, u shu bilan birga o’z Sheriklaridan ham mazkur tamoyillarga amal qilishini talab qiladi. Jamiyat Xodimlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etishga undash maqsadida ularga tushgan barcha murojaatlar to’g’risida xabar berishi shart.

9.2. Jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish bo’yicha doimiy ish olib bormoqda.

  • Jamiyatda DHO, korxona yoki jismoniy shaxsning qarorlariga noqonuniy ta’sir ko’rsatishning har qanday shakllari, jumladan, poraxo’rlik, taqiqlangan sovg’alarni taklif qilish, qarindoshlarini ishga joylashtirish, DHO so’roviga binoan xayriya yoki homiylik yordamini ko’rsatish kabilar qabul qilmaydi;
  • Xodimlar biror bir mansabdor shaxsga, tijoriy yoki boshqa tashkilotda boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxsga, xorijiy mansabdor shaxsga yoki jamoat xalqaro tashkilotining mansabdor shaxsiga Jamiyat nomidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab har qanday shaklda noqonuniy haq to’lashni taklif qilishi, bu haqda va’da qilishi, bunga ruxsat berishi yoki taqdim etishi mumkin emas;
  • Xodimlar biror bir tashkilot, jismoniy yoki mansabdor shaxslardan hech qanday shaklda noqonuniy mukofot talab qilishi yoki uni qabul qilishi mumkin emas.

10. Yakuniy qoidalar.

10.1. Mazkur kodeks Direktor tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va uning ijrosi barcha Xodimlar uchun majburiydir.

10.2. Kodeksda ko’rsatilmagan barcha boshqa shartlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

10.3. Kodeksga Direktorning buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin, ular tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

“INSIGHT SOLUTIONS” MChJning Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati

1. Kirish.

“INSIGHT SOLUTIONS” MChJning (keyinchalik - “Kompaniya” deb yuritiladi) asosiy qadriyatlari - mas’uliyatli va halol biznes amaliyotlariga rioya qilishdan iborat. Kompaniya o’zining biznes faoliyatida eng yuqori darajadagi axloqiy me’yorlarni ilgari surish va qo’llab-quvvatlashga intiladi. Uning biznesni qonuniy usullar bilan yuritishdagi obro’si birlamchi ahamiyatga ega va mazkur Siyosat ushbu qadriyatlarni saqlashga qaratilgandir. Shu sababli, Kompaniya poraxo’rlik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz siyosat yuritadi hamda o’zining barcha biznes munosabatlarida halollik va xolislik asosida harakat qilish hamda poraxo’rlikka qarshi samarali tizimlarni joriy etish va ularni amalda yuritish majburiyatini oladi.

2. Siyosatning maqsad va vazifalari.

2.1. Mazkur Siyosat poraxo’rlik va korrupsiyaning har qanday shakliga nisbatan Kompaniyaning pozitsiyasini belgilaydi va quyidagilarga qaratilgan yetakchi tamoyillarni o’z ichiga oladi:

  • a) Kompaniya faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan yoki uning biznesi ishtirok etishi mumkin bo’lgan har qanday mamlakatda poraxo’rlikka qarshi qonunlar, qoidalar va nizomlarga rioya etilishini ta’minlash;
  • b) xodimlarga va Kompaniya bilan bog’liq bo’lgan shaxslarga poraxo’rlik bilan bog’liq xavflarni tushunishga imkon berish hamda ularni hushyor bo’lishga va o’zlari yoki boshqalar tomonidan sodir bo’lgan har qanday huquqbuzarliklarni samarali tarzda aniqlash, ularni oldini olish va ular haqida xabar berishga undash;
  • c) hisobot berish va aloqa o’rnatishning mutanosib va xavfsiz kanallarini ta’minlash hamda har qanday taqdim etilayotgan ma’lumot tegishlicha va samarali tarzda qayta ishlanishini ta’minlash;
  • d) poraxo’rlik yoki korrupsiyani nazarda tutuvchi har qanday holatni ko’rib chiqish uchun jiddiy va samarali asoslarni yaratish, ularni amalda yuritib borish.

2.2. Ushbu Siyosat Kompaniyaning barcha doimiy va vaqtinchalik xodimlariga (jumladan, uning vositachilari, sho’ba korxonalari yoki sherik korxonalari) nisbatan qo’llaniladi. Bu, shuningdek, Kompaniya bilan bog’liq bo’lgan yoki Kompaniya uchun yoki uning nomidan funksiyalarni bajaradigan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga, shu jumladan, (lekin bular bilan cheklanmagan holda) direktorlar, vaqtincha yollangan xodimlar, pudratchilar, maslahatchilar, yordamchilar, agentlar, yetkazib beruvchilar va homiylar (“aloqador shaxslar”) uchun ham amal qiladi. Barcha xodimlar va aloqador shaxslar Siyosatda belgilangan tamoyillarga rioya qilishlari kutiladi.

3. Kompaniya va uning xodimlarining huquqiy majburiyatlari.

3.1. Siyosat O’zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchiligi shakli va mazmuniga, shuningdek, tegishli xalqaro hujjatlarga to’liq rioya etishdan iborat. Kompaniya O’zbekiston chegaralaridan tashqarida ham kengmiqiyosli faoliyatga ega ekanligi va rivojlanayotgan xalqaro bozorlarga chiqishda davom etayotganligi sababli, barcha xodimlar Kompaniyaning poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha meyoriy hujjatlarida belgilab qo’yilgan taqiqlangan faoliyatni tushunib yetishi hamda Kompaniyaning faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ham poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi kurash qonun-qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir xodim, mansabdor shaxs, direktor yoki agent O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchiligiga o’z mas’uliyati doirasida rioya qilishi va har qanday qoidabuzarliklar haqida bevosita rahbariga xabar berishi uchun javobgardir.

3.2. Kompaniyaning barcha xodimlari va aloqador shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:

  • a) dunyoning istalgan qismida biznes yuritishi mumkin bo’lgan har qanday yurisdiksiyada qo’llaniladigan poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi qonunlarga rioya qilish;
  • b) haqqoniy, mas’uliyatli va vijdonli faoliyat yuritish;
  • c) doimo axloqiy, professional va qonuniy ravishda harakat qilgan holda Kompaniyaning asosiy qadriyatlarini saqlash va ularga rioya qilish.

3.3. Pora berish orqali o’z tomoniga og’dirish, pora olish/berish, poraxo’rlikda vositachilik qilish qat’iyan man etiladi. Hech qanday holatda pora to’lash/olish/berishga ko’maklashish maqsadida qandaydir mablag’ ajratilishi, saqlash uchun olib qo’yilishi yoki bu uchun hisobvaraqalar ochilishiga yo’l qo’yilmasligi zarur.

3.4. Kompaniya tarmoq amaliyoti mamlakatdan mamlakatga yoki madaniyatdan madaniyatga farq qilishi mumkinligini tan oladi. Bir joyda nomaqbul deb qabul qilinishi mumkin bo’lmagan narsa boshqa joyda odatiy amaliyot deb sanalishi mumkin. Shu bilan birga, barcha xodimlar va aloqador shaxslar doimo mazkur Siyosatda ko’rsatilgan ko’rsatmalarga qat’iy rioya qilishlari shart. Agar sizda aynan nima poraxo’rlikka oid ekanligi yoki qaysi xatti-harakat ushbu Siyosatning buzilishiga olib kelishi mumkinligi yuzasidan tashvishlaringiz bo’lsa, bu haqda bevosita rahbaringizga murojaat qilib bildiring.

3.5. Mijozlarga, buyurtmachilarga, pudratchilarga va yetkazib beruvchilarga biznes sovg’alarini taqdim etish, quyidagi talablarning bajarilishi sharti bilan, taqiqlanmaydi:

  • a) sovg’a uchinchi shaxsga biznesni yoki tijoriy daromadni qo’lga kiritish yoki uni saqlab qolish uchun ta’sir qilish maqsadida yoki biznes yoki tijoriy daromadni taqdim etganlik yoki uni saqlab qolganlik uchun mukofot sifatida berilmagan bo’lsa;
  • b) mahalliy qonunlarga mos kelsa;
  • c) u shaxsan donor nomidan emas, balki Kompaniya nomidan deb ko’rsatilgan bo’lsa;
  • d) naqd pul yoki uning ekvivalentidan iborat bo’lmasa (masalan, sovg’a sertifikatlari);
  • e) tegishli mantiqli turga, qiymatga ega bo’lib, tegishli mutanosib bir vaqtda taqdim etilgan bo’lsa;
  • f) yashirin shaklda emas, oshkora taqdim etilgan bo’lsa;
  • g) sovg’a Kompaniya direktori tomonidan oldindan tasdiqlangan bo’lsa.

3.6. Shu tariqa, biznesda muayyan ustunlikka ega bo’lishni umid qilgan holda mukofot puli, sovg’a berish yoki mehmondo’stlik imo-ishoralarini namoyon etish, bularni va’da qilish yoki taklif qilish; allaqachon ta’minlangan biznesdagi ustunlik uchun taqdirlash yoki o’zi uchun biznes ustunligiga erishish umidida biror narsa taklif qiladigan yoki taqdim etadigan, sizga ma’lum bo’lgan yoki siz shubhalangan uchinchi shaxsdan mukofot puli, sovg’a yoki mehmondo’stlikni qabul qilish taqiqlanadi.

3.7. Oddiy davlat protsedurasi yoki jarayonining tezkor yoki tegishlicha bajarilishini ta’minlash yoki tezlashtirish uchun hukumat va/yoki nodavlat mansabdor shaxsga yoki boshqa turdagi shaxsga har qanday to’lovni, boshqacha qilib aytganda “rasmiyatchilikni yengillashtirish to’lovi” deb ma’lum bo’lgan tadbirni amalga oshirish yoki sovg’a taqdim etish ham qat’iyan man etiladi.

4. Hisobot berish tartibi.

4.1. Kompaniyaning barcha xodimlari va aloqador shaxslarning shartnomaviy majburiyati va mas’uliyati - ushbu Siyosatga rioya etilishini ta’minlash hamda poraxo’rlik yoki korrupsiya bilan bog’liq har qanday shubhalarni oldini olish, aniqlash va xabar berish uchun zarur bo’lgan barcha oqilona choralarni ko’rishdan iboratdir. Xodim yoki unga aloqador shaxs har qanday boshqa xodim yoki unga aloqador shaxs pora taklif qilishni, va’da qilish yoki pora berish yoki so’rash, pora olishga rozi bo’lishni rejalashtirayotgani haqida mavjud bo’lgan har qanday ma’lumot yoki shubha haqida darhol Kompaniya rahbariyatiga xabar berishi kerak. Noaniqlikni oldini olish uchun shaxsiy huquqbuzarlik holati haqida xabar berish ham bular qatoriga kiradi. Har qanday poraxo’rlik hodisalari va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavflarni oldini olish, aniqlash va ular yuzasidan hisobot berish mas’uliyati nafaqat Kompaniya direktorlari, va balki barcha xodimlar va sheriklarining ham zimmasidadir.

4.2. Jamiyat barcha xodimlar va aloqador shaxslarni hushyor bo’lishga va har qanday noqonuniy xatti-harakatlar, shubhalar yoki tashvishlar haqida tezkor va asossiz kechiktirishlarsiz xabar berishga chaqiradi; bu tergov olib borilishi va tegishli choralarning tezkorlik bilan ko’rilishiga imkon yaratadi. Tergov davomidagi maxfiylik maqsadga muvofiq darajada va joriy sharoitlarga mos tartibda saqlanadi. Kompaniya poraxo’rlik va korrupsiyaga qarshi tegishli choralarni ko’rish majburiyatini oladi. Bu hodisa haqida tegishli tashqi hukumat boshqarmasi, tartibga soluvchi organ yoki politsiyaga xabar berish orqali amalga oshirilishi mumkin.

4.3. Kompaniya mazkur Siyosatga muvofiq, o’z xavotirlarini samimiyat bilan bildirgan har bir shaxsni qo’llab-quvvatlaydi; xavotirlar noto’g’ri bo’lib chiqqan taqdirda ham. Shuningdek, u poraxo’rlik yoki korrupsiyada ishtirok etishdan bosh tortganligi yohud poraxo’rlik yoki korrupsiyaga oid haqiqatda amalda ro’y bergan yoki kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan jinoyat haqida o’z vijdonidan kelib chiqqan holda xabar bergani uchun kimningdir salbiy munosabatga uchrashini oldini olishga bor kuchi bilan intiladi.

5. Hujjatlarni yuritish.

5.1. Uchinchi shaxslar bilan tuzilgan bitimlarga taalluqli barcha hisoblar, kvitansiyalar, hisob-fakturalar, boshqa hujjatlar va yozuvlar qat’iy aniqlik va to’liqlik bilan tayyorlanishi va yuritilishi zarur. Noqonuniy to’lovlarni osonlashtirish yoki yashirish uchun “norasmiy” hisoblar yuritilishi mumkin emas.

6. Siyosatga rioya etilishini nazorat qilish.

6.1. Kompaniya rahbari ushbu Siyosatga rioya etilishini ta’minlash uchun asosiy mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi va uning mazmunini muntazam ravishda ko’rib chiqadi. Kompaniya rahbari uning samaradorligini monitoring qilish uchun ham mas’ul bo’lib, bu masala bo’yicha Kompaniya ta’sischilariga muntazam ravishda hisobot berib boradi.

7. O’qitish.

7.1. Kompaniya rahbari barcha xodimlarga mazkur Siyosat bo’yicha o’z majburiyatlari va mas’uliyatlarini tushunishlari uchun yordam berish maqsadida zaruriyatga qarab, treninglar o’tkazib boradi. Kompaniyaning poraxo’rlikka nisbatan tamomila betoqatlik yondashuvi barcha biznes sheriklarga biznes aloqalari boshlanishida va zarur bo’lganda, kelgusida ham e’lon qilinadi.

8. Yakuniy qoidalar.

8.1. Mazkur siyosat Direktor tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va Kompaniyaning barcha xodimlari ijrosi uchun majburiydir.

8.2. Siyosatda ko’rsatilmagan barcha boshqa shartlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

8.3. Ushbu siyosatga Direktor buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin, ular tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Ekologik siyosat

“INSIGHT SOLUTIONS” MChJning Ekologik siyosati

1. Kirish.

1.1. “INSIGHT SOLUTIONS” MChJning Ekologik siyosati (keyinchalik – “Siyosat” va “Jamiyat” deb yuritiladi) atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirishga qaratilgan asosiy tamoyillar, maqsad va vazifalarni, shuningdek chora-tadbirlar va tashabbuslarni belgilaydi. Jamiyat ekologik barqarorlikning muhimligini tan oladi va ilg’or texnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish hamda xodimlar va mijozlarning ekologik madaniyatini oshirish orqali ekologik yukni kamaytirish uchun barcha zarur choralarni ko’rish majburiyatini oladi. O’sib borayotgan raqamli transformatsiya sharoitida Jamiyat tabiatni asrashdagi mas’uliyatini tushunadi va o’z zimmasiga barqaror rivojlanishga hissa qo’shish majburiyatini oladi.

1.2. Siyosat Kompaniyaning missiyasi va strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan.

1.3. Siyosat Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlari, shuningdek quyidagi xalqaro va meyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan:

  • 1972-yil 16-iyundagi BMT Stokgolm deklaratsiyasi;
  • Butunjahon Tabiat xartiyasi (Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1982-yil 29-oktyabrdagi N 37/7-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan);
  • 1992-yil 9-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 754-XII-son Qonuni;
  • 2000-yil 25-maydagi O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi 73-II-son Qonuni;
  • 1996-yil 27-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi 353-I-son Qonuni;
  • 2021-yil 16-fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 75-son Qarori;
  • O’zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksi.

2. Siyosatning maqsad va vazifalari.

2.1. Siyosatning maqsadlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni tizimli ravishda kamaytirishga, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga hamda mas’uliyatli va barqaror biznes amaliyotlari orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

2.2. Asosiy maqsadlarga quyidagilar kiradi:

  • Jamiyat faoliyati natijasida ifloslantiruvchi moddalarning havoga chiqarib yuborilishini kamaytirish;
  • Energiya samaradorligini oshirish va ilg’or texnologiyalarni joriy etish hisobiga energiya, suv va boshqa tabiiy resurslar sarfini kamaytirish;
  • Chiqindilarni, shu jumladan elektron chiqindilarni minimallashtirish va ularni xavfsiz utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashni ta’minlash;
  • Barcha xodimlar uchun xavfsiz va ekologik toza mehnat sharoitlarini yaratish va saqlash;
  • Xodimlar, mijozlar va sheriklarni atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga jalb qilish.

2.3. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Jamiyat o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • Ekologik mezonlarni yetkazib beruvchilar tanlovi, loyihalarni rejalashtirish va yechimlarni ishlab chiqish jarayonlariga integratsiyalash;
  • Mahsulot va xizmatlarning hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida barqaror loyihalash va ekologik texnologiyalardan foydalanish tamoyillarini joriy etish;
  • Logistikani optimallashtirish va transport chiqindilarini kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat masalalari bo’yicha xodimlarni o’qitish va malakasini oshirishni tashkil etish;
  • Ekologik ko’rsatkichlarni doimiy ravishda yaxshilash maqsadida muntazam monitoring va tahlillarni o’tkazish.

3. Jamiyatning majburiyatlari va mas’uliyat doirasi.

3.1. Jamiyat ekologik siyosat maqsadlariga erishishda muvaffaqiyat barcha xodimlarning, ularning lavozimidan qat’iy nazar, ishtirok etishi va mas’uliyatiga bog’liqligini tan oladi. Jamiyat Rahbariyati quyidagilarni o’z zimmasiga oladi:

  • Ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun zarur resurslar va texnologiyalardan foydalanish erkinligini ta’minlash;
  • Xalqaro standartlarga mos keladigan atrof-muhit muhofazasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Xodimlarni ekologik loyihalar va tashabbuslarga jalb qilish va shu tariqa, Jamiyatning ekologik mas’uliyat madaniyatini rivojlantirish;
  • Mijozlar va sheriklarni ekologik standartlarimiz haqida xabardor qilish hamda ularni barqaror rivojlanish sohasida hamkorlik qilishga undash.

3.2. Jamiyatning har bir xodimi kundalik faoliyatida ekologik meyorlar va standartlarga rioya qilish uchun shaxsan javobgardir. Bo’lim boshliqlari ushbu siyosatga rioya etilishini nazorat qilishlari va o’z vakolatlari doirasida ekologik tamoyillarni tatbiq etishlari shart.

4. Chora-tadbirlar va tashabbuslar.

4.1. Siyosatni amalga oshirish uchun Jamiyat Rahbariyati atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi va tashabbuslarni tatbiq etadi:

  • Energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish:
    • Energiya sarfini kamaytirish maqsadida server fermalari va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (DPC) faoliyatini optimallashtirish;
    • Mumkin bo’lgan hollarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o’tish.
  • Chiqindilarni boshqarish:
    • Chiqindilarni, jumladan elektron komponentlar va jihozlarni alohida yig’ish va qayta ishlashni tashkil etish;
    • Eski uskunalarni xalqaro standartlarga muvofiq utilizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish.
  • Ekologik loyihalash va ishlanmalar:
    • IT-yechimlarni ishlab chiqish va loyihalash bosqichida ekologik mezonlarni kiritish.
    • Energiya sarfini kamaytirish va samaradorlikni oshirish uchun dasturiy ta’minotni optimallashtirish.
  • Ta’lim va xabardorlik:
    • Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat mavzusida xodimlar uchun muntazam treninglar va ta’lim dasturlarini tashkil etish;
    • Mijozlar va sheriklar uchun ekologik standartlarni ommalashtirishga yordam beruvchi axborot materiallarini ishlab chiqish.
  • Hamkorlik va sheriklik:
    • Qo’shma ekologik tashabbuslarni amalga oshirish va tajriba almashish uchun yetkazib beruvchilar va sheriklar bilan o’zaro hamkorlik;
    • Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha jamoat va xalqaro tashabbuslarda ishtirok etish.
  • Doimiy monitoring va takomillashtirish:
    • Jamiyatning ekologik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlarni muntazam yig’ish va tahlil qilish.
    • Atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo’yicha maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo’lidagi taraqqiyotni baholash.

5. Manfaatdor tomonlar bilan o’zaro hamkorlik.

5.1. Jamiyat barcha manfaatdor tomonlar jumladan, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan atrof-muhit masalalari bo’yicha ochiq va shaffof hamkorlik qilishga intiladi. Jamiyat rahbariyati va xodimlari tashqi sheriklar va jamiyat bilan muloqotda faol ishtirok etishi, hamkorlikni rivojlantirishi va ekologik barqarorlik masalalari bo’yicha tajriba almashishi kerak.

5.2. Jamiyatning mas’ul xodimlari Jamiyat Rahbariyatiga Jamiyatning mahalliy hujjatlarida nazarda tutilgan ekologik faoliyati va yutuqlari to’g’risida yillik hisobot taqdim etadilar.

6. Yakuniy qoidalar.

6.1. Mazkur siyosat Direktor tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va barcha Xodimlarning bajarilishi uchun majburiydir.

6.2. Siyosatda ko’rsatilmagan barcha boshqa shartlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Jamiyatning mahalliy meyoriy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

6.3. Mazkur siyosatga Direktor buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin, ular tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Maxfiylik siyosati

«INSIGHT SOLUTIONS» MChJ maxfiylik va shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish siyosati

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Foydalanuvchilar va/yoki Tashrif buyuruvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish Siyosati (bundan keyin – “Siyosat”, “ShM” va “Foydalanuvchilar”) O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019-y.dagi O‘RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni, Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilinganlik darajasini belgilash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va u Foydalanuvchining ShMni himoya qilish va ularga ishlov berish, shuningdek «Insight Solutions» MChJ (bundan buyon matnda — «Kompaniya») https://insightsi.com/ sayti Foydalanuvchilari Kompaniyaning yuqorida keltirilgan saytidan, uning servislari, dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish davomida boshqa Foydalanuvchilar haqida olishlari mumkin bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tartiblarini belgilab beradi.

2. Foydalanuvchilarning ShMgaA ishlov berish uchun mas'ullar

2.1. ShMga ishlov berish uchun javobgar shaxs Kompaniya Direktori yoki Direktorning majburiyatlarini bajarish uchun vakolatga ega shaxs hisoblanadi. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar: +998 (78) 129-77-07, info@insightsi.com 2.2. Ushbu Maxfiylik siyosati faqat https://insightsi.com/ Nashri uchun qo‘llaniladi. Kompaniya uchinchi shaxslarning Kompaniyaning https://insightsi.com/ saytida berilgan havolalar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan saytlarni nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar emas.

3. Foydalanuvchilarnin ShMni yig'ish

3.1. Kompaniya Foydalanuvchining quyidagi ShMni yig‘adi:
  • Familiyasi, ismi, sharifi;
  • Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, elektron pochta);
  • Kasbiy malakasiga doir ma’lumotlar (ish beruvchilar, lavozimi, faoliyat muddati);
  • Ma’lumoti (ta’lim muassasasi, mutaxassisligi, malakasi);
  • Malakasi va sertifikatlari to‘g‘risida ma’lumotlar, agar talab etilsa;
  • Suhbatdan va testlardan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotlar, agar o‘tkazilgan bo‘lsa.

4. Foydalanuvchilarning ShMga ishlov berishdan maqsad

4.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish deganda Foydalanuvchining ShMni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta yoki bir nechta xatti-harakatlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. 4.2 Kompaniya Foydalanuvchilarining ShMni quyidagi maqsadlarda yig‘adi va saqlaydi:
  • Kompaniyaning barcha ruxsat etilgan servislaridan foydalanishi uchun Kompaniya saytida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchini identifikatsiyalash,.
  • Foydalanuvchiga Kompaniyaning shaxsiylashtirilgan resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish uchun.
  • Kompaniya tomonidan Foydalanuvchi bilan qayta aloqa o‘rnatish, shuningdek, Kompaniya xizmatlaridan foydalanishga taalluqli xabarnomalar, so‘rovnomalar yuborish, so‘rovnoma va arizalarga ishlov berish yo‘nalishlarini ham qo‘shgan holda.
  • Kompaniya faoliyati sifatini yaxshilash, foydalanishni qulaylashtirish, yangi xizmatlarni ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonun hujjatlari doirasida reklama faoliyatini amalga oshirish.
  • Kompaniyada ishga joylashtirish uchun potensial nomzodlarning ShMni ko‘rib chiqish.
  • Kompaniya resurslarida avtorizatsiya qilish va Foydalanuvchi bilan qayta aloqaga chiqishni amalga oshirish, xususan, unga xabarnomalar jo‘natish.

5. Foydalanuvchining ShMga ishlov berish uchun asoslar

5.1. Kompaniya quyidagilarga asoslanib Foydalanuvchining ShMga ishlov beradi:
  • Kompaniya saytida ShM taqdim etilgan vaqtda ko‘rsatilgan Foydalanuvchining roziligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etish.

6. Foydalanuvchilar va kompaniyaning huquq va majburiyatlari

6.1. Foydalanuvchining huquqlari:
  • Uning qaysi ShMiga ishlov berilishi to‘g‘risidagi axborotni so‘rov bo‘yicha olish va mazkur ShMdan nusxa olish;
  • Agar ShM to‘la-to‘kis, aniq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri ishlov berilgan taqdirda ularni tuzatish, bloklash yoki o‘chirib tashlashni talab etish;
  • ShMga ishlov berish uchun rozilikni qaytarib olish, agar ishlov berish rozilikka asoslangan bo‘lsa va rozilikni chaqirib olish qonuniylikka ta’sir ko‘rsatmasa;
  • O‘z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli organlar murojaat qilish.
6.2. Foydalanuvchi majbur:
  • Kompaniyaning resurslaridan foydalanish uchun zarar bo‘lgan barcha ShM to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish;
  • ShM yoki uning qismlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarda o‘zgarishlar yuzaga kelgan hollarda ularni yangilash va/yoki qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish.
6.3. Kompaniyaning huquqlari:
  • Foydalanuvchining ShMni uchinchi shaxslarga uzatish, agar Foydalanuvchi bunday harakatlar uchun rozilik bergan bo‘lsa;
  • Foydalanuvchining ShMni uchinchi shaxslarga taqdim etish, agar bu Foydalanuvchi muayyan xizmatdan foydalanishi, aniq bir kelishuvning ijrosi yoki Foydalanuvchi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarining bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa;
  • Foydalanuvchining ShMni uchinchi shaxslarga berish, agar bu qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar doirasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
  • Foydalanuvchining ShMga ishlov berilishini har qanday qonuniy usulda muddati cheklanmagan holda amalga oshirish, shu jumladan, ShMni axborotlashtirish tizimida avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan yoki bunday vositalardan foydalanmagan tarzda.
6.4. Kompaniya majbur:
  • Olingan ShMdan faqat ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlar yo‘lida foydalanish;
  • ShMni saqlash maxfiyligini ta’minlab berish, Foydalanuvchining oldindan yozma roziligini olmasdan turib ularni oshkor qilmaslik, shuningdek boshqa har qanday usul bilan Foydalanuvchining ShMni sotish, ayirboshlash, chop etish yoki oshkor qilish man etiladi, mazkur Siyosatda ko‘zda tutilgan holatlar bundan istisno.
  • Foydalanuvchining ShMning maxfiyligini himoya qilish uchun, odatda mavjud biznes muhitida ushbu turdagi ma’lumotlarni himoya qilishda foydalaniladigan tartibga muvofiq ravishda xavfsizlik choralarini ko‘rish.
  • Aniq bir Foydalanuvchiga tegishli bo‘lga ShMni Foydalanuvchining yoki uning qonuniy vakilining murojaatlariga binoan yoxud subyektlar huquqini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan noto‘g‘ri ShM yoki noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan holatlarda tekshiruvlar o‘tkazilishi davrida, ularning talabiga ko‘ra bloklab qo‘shish.

7. Siyosatdagi o'zgarishlar

7.1. Ushbu Siyosat Kompaniya saytida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Kompaniya ushbu Siyosatga bir taraflama tartibda o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Barcha o‘zgartirishlar Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinadi. 7.2. Ushbu Siyosatda ko‘rsatilmagan boshqa barcha shartlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga va Kompaniyaning ichki dalolatnomalariga muvofiq tartibga solinadi. 7.3. Ushbu Siyosatga Kompaniya Direktori buyrug‘i bilan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va ular Kompaniya saytida e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.